OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIY TAHLIL ILMIY MAKTABLARI VA ULARNING NAMOYONDALARI

Pardayev Mamayunus Qarshibayevich , Pardayev Olim Mamayunusovich , Xolikulov Anvar Nematovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori. , Samarqand iqtisodiyot va servis instituti prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor., Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kafedra mudiri, PhD, professor

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida shakllangan iqtisodiy tahlil ilmiy maktablari, ularning rivojlanish bosqichlari va yetakchi namoyondalari keng yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, diversifikatsiya va innovatsiyalarni joriy etish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining dolzarb yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Maqolada iqtisodiy tahlilni takomillashtirish bo‘yicha muhim ilmiy va metodologik takliflar berilgan hamda Samarqand, Toshkent va Farg‘ona ilmiy maktablarining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Mazkur tadqiqot iqtisodiy tahlil fanining nazariy va amaliy rivojiga xizmat qiladi.

Keywords

iqtisodiy tahlil, ilmiy maktablar, moliyaviy tahlil, boshqaruv tahlili, SWOT tahlil, funksional qiymat tahlili, makroiqtisodiy tahlil, innovatsiya

Full text

Har qanday fanning shakllanish va rivojlanish tarixini yozganda uning yaratuvchilari, shakllanishiga qoʻshgan hissalari va shu sohaga hissa qoʻshgan olimlar eʼtiroe etilishi lozim. Shu tufayli Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlil ilmiy maktablari va ularning namoyondalariga ham eʼtiborni qaratishni maqsadga muvofiq, deb topdik.

Oʻzbekiston Respubliki iqtisodiyotidagi modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va innovatsiyalarni joriy qilish natijasida sodir boʻlayotgan keskin oʻzgarishlar, unga mos boʻlgan boshqarish mexanizmini ham takomillashtirishni taqozo qiladi. Bunday iqtisodiy mexanizmlardan biri boʻlgan iqtisodiy tahlil ham tegishli yoʻnalishlarda modernizatsiyalanishi va takomillashib borishi kerak boʻladi. Ushbu zaruratdan kelib chiqib, iqtisodiy tahlil fani ham quyidagi yoʻnalishlarda takomillashishi lozim deb hisoblaymiz. Bu yoʻnalishda quyidagi tavsiyalarimiz mavjud. Bular:

Birinchidan, - hozir respublikamizda koʻp mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos holda rivojlanishi lozim;

Ikkinchidan, - Oʻzbekistonda barcha sohalar, ayniqsa, buxgalteriya hisobi boʻyicha jahon andozalariga mos milliy standartlar tizimi qabul qilindi va amal qilmoqda. Bu esa xalqaro andozalarga mos iqtisodiy tahlil tizimini ham yaratilishini taqozo qiladi. Bu barcha sohalar uchun bir xil metodologik asosga ega boʻlgan moliyaviy tahlilni takomillashtirish lozimligini taqozo qiladi;

Uchinchidan, - mamlakatimizda shakllangan bozor munosabatlarining xususiyatlarini, iqtisodiyotdagi modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va innovatsiyalarni joriy qilish jarayonlarini inobatga olgan holda va buxgalteriya hisobining milliy stan-dartlaridan kelib chiqib, iqtisodiy tahlilning nazariyasini takomillashtish maqsadga muvofiq;

Toʻrtinchidan, - Oʻzbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan obyektiv zaruratga aylandi. Ammo uning nazariyasi va metodo-logiyasi yaratilgan emas. Shu tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilning nazariy va metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim.

Beshinchidan, - olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa halq xoʻjaligining muhim sohalari boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratishlari ham bugungi kunda kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardandir. Bundan kelib chiqib, boshqaruv tahlilining tarmoqlarga mos yoʻnalishlarini takomillashtirish maqsadga muvoqif, deb hisoblaymiz;

Oltinchidan, - iqtisodyotga oid barcha oʻquv yoʻnalishlarida bakalavrlarni va mutaxassisliklar boʻyicha magistrlarni tayyorlashda ushbu fanni oʻquv rejasiga kiritish, ushbu mutaxassisliklarga xos boʻlgan iqtisodiy tahlilga oid oʻquv adabiyotlarini yaratish maqsadga muvofiq;

Yettinchidan, - hozirgi obyektiv zaruratdan kelib chiqib, iqtiso-diyotning rivojlanishini tizimli oʻrganishni taʼminlash maqsadida tizimli tahlilning nazariy va metodologik asoslarini yaratish ham maqsadga muvofiq;

Sakkizinchidan, - korxonalarning strategik yoʻnalishlarini toʻgʻri belgilash uchun har bir korxonaning kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va tahdidlarini toʻgʻri aniqlashni va shunga asosan uni rivoj-lantirish boʻyicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishni yoʻlga qoʻyish uchun SWOT tahlilning nazariy va amaliy yoʻnalishlarini yaratish va takomillashtirishni taqozo qiladi;

Toʻqqizinchidan, - korxonaning rivojlanishini va samaradorligini oshirishda ular tomonidan bajariladigan funksiyalarni asosiy, yordamchi, qoʻshimcha, nokerak va zararli turlarga boʻlib, har birini qiymat jihatidan baholashni yoʻlga qoʻyish uchun funk-sional qiymat tahlilini rivojlantirishni taqozo qiladi;

Oʻninchidan, - hozirgi paytda juda koʻplab yangi tarmoqlar, tadbir-korlik subyektlari paydo boʻlmoqda. Bularning ham samaradorligi va raqobatbardoshligini taʼminlash uchun sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga oladigan iqtisodiy tahlil usullarini yaratishni taqozo qiladi. Bu esa oʻz navbatida alohida tarmoqlar faoliyati tahlilini yaratish zaruratini tugʻdiradi.

Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi mustaqil davlatimizning mustaqil fani – xoʻjalik faoliyatini tahlil qilishga bagʻishlangan “Iqtisodiy tahlil” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi uchun asos boʻladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida turli mulk shakliga ega boʻlgan korxonalarning xoʻjalik faoliyatini chuqur oʻrganishni, tahlil qilishni va iqtisodiy jihatdan asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo qiladi. Shu tufayli mamlakatimizda iqtisodiy tahlil fani bilan olimlarimiz tizimli ravishda shugʻullanib kelmoqdalar va turli hududlarda ilmiy maktablarning shakllanishiga sababchi boʻldilar.

Quyida Oʻzbekistonda shakllangan iqtisodiy tahlil maktablari namoyondalarining ayrimlrini keltirishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Chunki bugungi kunda Oʻzbekistonda iqtisodiy tahlilning bir qancha maktablari shakllangan. Ushbu maktblarda iqtisodiy tahlilga oid adabiyotlar va yosh kdrlar, shu jumladan ilmiy darajali olimlar (PhD, DCs) ham tayyorlanmoqda. Ushbu maktablar va ularning namoyondalari quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).

1-jadval

Oʻzbekistonda shakllangan tahliga oid ilmiy maktablarning namoyondalari

Iqtisodiy tahlil ilmiy maktablarining nomlari

Ilmiy maktab namoyondalari

Iqtisodiy tahlilning qaysi yoʻnalishida ish olib borilishi

Samarqand maktabi

I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, M.E.Poʻlatov, B.I.Isroilov, Obid Pardayev, J.I.Isroilov, K.B.Urazov, A.Abdiyev, S.N.Tashnazarov, U.X.Xudayberdiyev, F.A.Safarov, A.N.Xali-kulov, T.Q.Qudratov, O.M.Pardayev, Z.Yu.Aminov, D.K.Usmanova, T.I.Yaxyayev, A.V.Gʻapparov S.A.Babanazarova, I.R.Berdikulova, Sh.O.Kuvandikov, H.A.Raximov, Sh.S.Oltayev, Ozoda Pardayeva va boshqalar

Iqtisodiy tahlil nazariyasi, Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy va boshqaruv tahlili, Funksional qiymat tahlili, Loyiha tahlili, Xizmat koʻrsatish sohasi faoliyati tahlili, Turistik firmalar faoliyati tahlili, Mehmonxona xoʻjaliklari faoliyati tahlili, Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil, Soliqlar tahlili, Xususiy korxonalar faoliyati tahlili, Alohida tarmoqlar faoliyati tahlili, Oilaviy korxonalar tahlili, Biznes tahlil asoslari, Inson resurslari analitikasi, Zamonaviy strategik tahlil kabilar.

Toshkent maktabi

A.H.Shoalimov, A.V.Vahabov, M.Yu.Rahimov, A.T.Ibrahimov, B.A.Hasanov, N.Ishankulov, M.A.Ikromov, Ye.Ergeshev, B.I.Isroilov, Sh.R.Xolmoʻminov, O.T.Ostanakulov, L.T.Abduxalilova, R.A.Isayev, U.K.Yakubov, X.I.Axmadjonov N.N.Mavlanov, O.I.Ochilov, Z.A.Sagdillayeva, U.A.Nurmanov, I.X.Choriyev, Sh.A.Tojiboyeva, G.A.Ibragimov, A.B.Abdullayev, M.T.Abdujabborova, M.M.Ismoilova, A.S.Boltayev, N.R.Samadova, [B.J.Hakimov], N.N.Kalandarova, B.B.Alimov va boshqalar

Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari, Moliyaviy va boshqaruv tahlili, Funk­sional qiymat tahlili, Loyiha tahlili, Iqtisodiyot subyektlar moliyaviy holatining tahlili, Mehnat koʻrsatkichlari tahlili, Paxta tozalash korxonalari xoʻjalik faoliyati tahlili, Alohida tar­moqlar tahlili kabilar.

Fargʻona maktabi

D.Q.Qudbiyev, I.N.Ismanov, G.Davlyatova, A.Xoʻjayev O.Toʻychiyeva, A.Salimov va boshqalar

Asosiy vositalar tahlili. Boshqaruv tahlili, Kompleks tahlil kabi yoʻnalishlar

 

Mazkur jadvaldan koʻrinib turibdiki, Samarqandning tahlil maktabida ilk bor “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” fanini oʻzbek tilida nashr qilishga muvaffaq boʻlgan. Mazkur maktab namoyondalari “Xoʻjalik faoliyati tahlili” hamda “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” fanlaridan ham birinchilar qatorida oʻzbek tilida oʻquv adabiyotlarini tayyorlashga muvaffaq boʻldilar. Xorijiy davlatlarda keng qoʻllanilib, maʼlum darajada samaradorlikka erishishga muvaffaq boʻlgan “Funksional qiymat tahlili” ham Samarqand maktabiga mansub. Ushbu fandan oʻquv qoʻllanma ham yaratildi va talabalar va magistrlar tanlov fani sifatida ham ushbu tahlilni oʻrganishga muvaffaq boʻlishdi.

Shuningdek, bozor munosabatlarida iqtisdiy mexanizmlardan biri boʻlgan “Loyiha tahlili” ham ilk bor samarqandlik olimlar qalamiga mansub boʻlib, oʻzbek tilida nashrdan chiqarildi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoʻnalishidan kelib chiqib, “Xizmat koʻrsatish sohasi faoliyati tahlili” ham samarqandlik olimlar tomonidan tayyorlandi. “Turistik firmalar faoliyati tahlili” va “Mehmonxona xoʻjaliklari faoliyatining iqtisodiy tahlili” ham bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda ilk bor ushbu maktab olimlari tomonidan yoritildi.

Bozor munosabatlarida marketing tadqiqotlari bozor subyektlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, “Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil” fani ham ilk bor ushbu maktab namoyonadalari tomonidan tayyorlandi. Keyinchalik darslik sifatida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti olimlari (M.A.Ikromov, L.T.Abduxalilova) tamonidan tayyorlandi. Bunga ham hammuallif sifatida M.Q.Pardayev ishtirok etdi.

Hozirgi sharoitda oʻziga xos tarmoqlarning rivojlanishi “Alohida tarmoqlar faoliyati tahlili”ni yaratishni taqozo qildi. Bu borada ham ushbu maktabda ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunlarda ham tahlilning yangi yoʻnalishlari paydo boʻldi. Bular jumlasiga 2025-2026-yillarda nashr qilingan “Oilaviy korxonalar tahlili”, “Biznes tahlil asoslari”, “Inson resurslari analitikasi” “Zamonaviy strategik tahlil” kabilarni misol keltirish mumkin.

Toshkent tahlil maktabi “Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari”ni hamda “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” fanlaridan oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ham katta xizmat qildi. “Funksional qiymat tahlili” fanini samarqandlik olimlar maktabi vakillari bilan hamkorlikda tayyorlashga muvaffaq boʻldi. “Loyiha tahlili”dan ham oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda mazkur maktab olimlari salmoqli hissa qoʻshib kelmoqdalar. “Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili” fanidan darslik ham mazkur maktab olimlari tomonidan yaratilgan. Hozirgi paytda “Alohida tarmoqlar tahlili” fanidan ham ayrim adabiyotlar tayyorlanmoqda.

Fargʻona maktabi vakillari D.Q.Qudbiyea, I.N.Ismanovlar ham asli Samarqandning tahlil maktabida shakllangan. Ularning tahlilga oid adabiyotlari asosan “Asosiy vositalar tahlili”ga bagʻishlangan. Ushbu maktablarda ham yosh kadrlar tayyorlanib, tahlil maktabining yangi avlodi yetishib chiqmoqda. Fargʻona Politexnika instituti professor-oʻqituvchilari I.Ismanov, G.Davlyatova, O.Toʻychiyeva, A.Salimovlar tomonidan “Boshqaruv tahlili” nomli darslik ham 2020-yilda nashrdan chiqarildi.

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda iqtisodiy tahlil maktadi namoyondalarining tarkibi yosh olimlar hisobiga koʻpaymoqda va bular ham uushbu fanning rivojlanishiga oʻzlarining tegishli hissalarini qoʻshmoqda.